Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiQiyosiy tilshunoslik fani uchun
MUSTAQIL ISHToshkent - 2019Bajardi: Shamsiddinov Zafar
Glottoxronologiya soʻzi asli yunoncha γλῶττα (glotta) «til» χρóνος (xronos) «davr» λόγος (logos) «ta’limot» soʻzlaridan yasalgan boʻlib, tilni DAVR ta’limoti demakdir. Bu qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning farazlarga asoslangan uslubi hisoblanib, qardosh tillarning deyarli bir xil lugʻat tarkibining oʻzgarish tezligi asosida taxminiy boʻlingan vaqtini aniqlashdan iborat. Bu faraz amerikalik tilshunos Morris Svodesh tomonidan (1955 yilda) taklif etilgan. Bu uslubni olim kimyoda ma’lum boʻlgan radiouglerod uslubi orqali organik moddalarning yoshini aniqlash usulidan andaza olgan holda ishlab chiqqan. Tilshunoslikda bu uslub «leksik yarimboʻlinish» kabi baholanadi. Ushbu uslub umumiy bobo tildan tarqalgan ikki yoki undan ortiq tillarni har birida mavjud soʻzlarning almashinuv miqdorini hisoblash orqali davr vaqtini aniqlash imkonini beradi. Soʻngra ushbu tillarning paydo boʻlishining taxminiy vaqti hisoblab chiqiladi. Bizga ma’lumki, qardosh tillar vaqt oʻtishi mobaynida bir-birlaridan uzoqlasha boradilar. Agar ikkala tildagi farq darajasi ancha katta boʻlsa, ularning ancha oldin ajralganini anglash mumkin. Glottoxronologiya esa oʻsha umumiy tasavvurni muayyan shaklini koʻrsatishga harakat qiladi.